08:12 / 08.04.2017
29508

Stokholmdagi hujum videosi paydo bo‘ldi

Norvegiyaning VGTV telekanali Stokholm markazida yuk mashinasi odamlarni bosib ketishi videosini namoyish qildi. Video voqea joyidagi do‘konlardan birining kamerasi tomondan yozib olingan.   

Videoda odamlar yuk mashinasi ostida qolmaslik uchun o‘zlarini chetga olib qochayotganlari tasvirlangan. Ba'zilar kamera o‘rnatilgan do‘kon ichiga kirishga ulgurishgan.

Yuk mashinasi do‘kon oldidan katta tezlikda o‘tib ketgan va videoda bir soniyagagina muhrlanib qolgan.

Avvalroq Stokholm politsiyasi ushbu hujum bo‘yicha gumonlanuvchini qo‘lga olgani ma'lum qilingandi. 

Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kunduzi Stokholm markazidagi Sergelstorg maydonida yuk mashinasi odamlar ustiga katta tezlikda bostirib borgan. Avtomobil univermagga borib urilgach, yonib ketgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jarohatlangan.  

Mavzuga oid
Top