19:17 / 14.04.2017
7612

Ronaldu Dibala va Grizmanni ortda qoldirdi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu muxlislar tomonidan Yevropa chempionlar ligasining chorak finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Portugaliyalik futbolchi «Bavariya»ga qarshi uchrashuvda (2:1) ikkkita to‘p kiritib, dubl qayd etdi.

YeChL haftasining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun Paulo Dibala («Yuventus»), Kilian Mbappe («Monako») va Antuan Grizmann («Atletiko») da'vogarlik qilgandi. Portugaliyalik futbolchi o‘tkazilgan so‘rovnomada 57 foiz ovoz olib, mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan.

Top