13:06 / 06.05.2017
5028

Volkswagen joriy yilda nechta yangi modelni namoyish etishi aytildi

Foto: Volkswagen

Volkswagen kompaniyasi 2017 yil davomida oltita yangi model va ularning modifikatsiyasini taqdim etadi. Bu haqda Autonews.ru muxbiriga nemis avtokonserni vakili aytib o‘tgan.

Yangiliklar haqida rasmiy ma'lumotlar hozircha sir saqlanmoqda. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, joriy yilning kuzida Frankfurt avtosalonida keyingi avloddagi Touareg yo‘ltanlamasi taqdim etiladi. Model alyuminiy va po‘latli MLB Evo negizida quriladi.

Yangi Touareg hajmi bo‘yicha ham o‘zgaradi va umuman boshqa qiyofaga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, yo‘ltanlamas ovoz va imo-ishoralarni boshqarish imkonini beruvchi eng yaxshi multimediya kompleksi, shuningdek, butunlay to‘xtatish imkoniga ega kruiz-nazorat va tirbandlikda harakatlanishda avtomatik yurish funksiyasi bilan taqdim etiladi. 

Dvigatellar ichida yaxshilangan 270 ot kuchi bo‘lgan V6 uch litrli dizelli, benzinli 340 ot kuchiga ega “oltitalik” bor. Kelajakda gibridli kuch qurilmasiga ega nusxa ham paydo bo‘ladi, uning tarkibiga “to‘rttalik” va elektromotor kiradi.

Bundan tashqari, Frankfurtdagi motor-shouda oltinchi avlod Polo xetchbeki ham taqdim etiladi. U MQB A0 negizida quriladi hamda yengilroq, salon esa - kengroq bo‘ladi. Xetchbekda butunlay raqamli uskunalar paneli, Apple CarPlay va Android Auto interfeyslarida ishlashi mumkin bo‘lgan axborot-ko‘ngilochar tizim bo‘ladi.

Dvigatellar ichida 1,5 litrli “to‘rttalik” bo‘ladi. Bu motor 130 yoki 150 ot kuchi berishi mumkin. Yaxshilangan GTI-nusxa esa ikki litrli “to‘rttalik” bilan jihozlanadi. Taxminlarga ko‘ra, uning quvvati 200 ot kuchi bo‘ladi, hamda xetchbekka soatiga 100 kilometr tezlikka olti soniyada chiqish imkonini beradi.

Bundan tashqari, nemis konserni vakillari so‘zlariga ko‘ra, 2020 yil oxiriga qadar Volkswagen har yili ikkitadan yangi modelni taqdim etib boradi. 2018 yilda nemislar ikkita sedanni ko‘rsatishadi, 2019 va 2020 yillarda esa to‘rtta yo‘ltanlamas chiqadi. Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, nemislar besh o‘rinli salonga ega sport yo‘nalishidagi Atlas yo‘ltanlamasini ham chiqarishi mumkin.

Volkswagen 2017 yilning ilk to‘rt oyi davomida to‘rtta yangi modelni taqdim etdi. Ulardan eng katta qiziqishga sabab bo‘lgani – yetti o‘rinli Teramont yo‘ltanlamasi (AQShda Atlas nomi ostida chiqarilmoqda).

Top