Sardor Rashidov Italiya klubiga qimmatlik qildi

Sport 19 May 2017 30728
Фото: Twitter/@eljaish

Faoliyati tugatilgan Qatarning «Al-Jaish» va O'zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov Italiya A seriyasida to'p surishi mumkin edi. Bu haqda championat.asia sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, futbolchiga Italiyaning «Kevo» klubi qiziqish bildirgan, ammo Italiya klubi «Al-Jaish» so'ragan mablag'ni to'lay olmasligini bildirgan.

Ayni paytda futbolchiga BAAning «Al-Ayn», «Al-Ahli», «Al-Vasl», «Al-Vihdat» va Qatarning «Al-G'arafa» jamoalari qiziqish bildirmoqda. Hozircha uning qaysi klubda faoliyatini davom ettirishi noaniq bo'lib qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, Qatarning «Al-Jaish» va «Laxviya» jamoalari tugatilib bitta jamoaga aylantirilmoqda. Yangi tuziladigan jamoaga «Laxviya» murabbiyi ustozlik qilishini hisobga olsak, uning «Al-Jaish»futbolchilaridan kimlarni tarkibga olishi aniq emas.

Ko'proq yangiliklar: