12:06 / 20.05.2017
4113

Filipp Lam Oliver Kandan keyin birinchi bo‘ldi

«Bavariya» himoyachisi va sardori Filipp Lam myunxenliklar klubi faxriy zalidan o‘rin egallaydigan bo‘ldi.

«Bavariya» rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, 43 yoshli Lam Oliver Kandan keyin, 2008 yildan buyon bunday hurmatga loyiq ko‘rilgan birinchi futbolchiga aylandi. Lam Frants Bekkenbauer, Gerd Myuller, Zepp Mayyer, Karl-Haynts Rummenigge, Uli Hyoness, Lotar Matteus, Jovane Elber, Mehmet Sholl va Kan bilan bir qatordan joy oladigan bo‘ldi.

«Filipp Lam — «Bavariya»ning yangi tarixidagi eng yetakchi futbolchilardan biri. U «Bavariya»ning har bir o‘yinida o‘zining eng yuqori saviyadagi o‘yinlarini ko‘rsatib, faxriy zaldan o‘rin olishga munosib ekanini isbotlay oldi. «Bavariya» Filippga uning munosib faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi», — deya Rummeniggening so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, Filipp Lam mavsum yakuniga yetgach, futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida bir qarorga kelgandi. Uning professional futboldagi so‘nggi uchrashuvi  20 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top