O‘zbekiston Janubiy Koreyaga yangi elchi tayinlamoqda. Bu haqda ishonchli manba xabar berdi.
Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng Vitaliy Fen yana ushbu mamlakatda O‘zbekiston vakolatxonasiga rahbarlik qiladi.
U 1995 — 2013 yillarda ham Janubiy Koreyada O‘zbekiston elchisi bo‘lgan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Fen nomzodini Oliy Majlis Senati ham tasdiqlagan.