18:10 / 04.06.2017
48714

Ona va bola bir-biridan uzoqda ketma-ket hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Al Riyadh

Saudiyalik oila ketma-ket halokatga yo‘liqdi - ona va o‘g‘il bir necha kun farq bilan hayotdan ko‘z yumishdi. Bu haqida Gulf News'da xabar berildi

Kaliforniyada me'morchilik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oluvchi Hasan Ahmad Al-Hasan chorshanba kuni kunduzi do‘stlari bilan futbol o‘ynayotganda yiqilib tushdi. 

U shifoxonaga olib ketilayotganda yo‘lda hayotdan ko‘z yumdi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, qondagi qand miqdorining keskin kamayishi natijasida o‘lim holati yuzaga kelgan. Uning jasadi dushanba kuni qirol Fahadning Dammamdagi aeroportiga yetkazilishi kerak bo‘lgan. 

Biroq onaizor bolasining jasadini ko‘ra olmadi, zero u o‘g‘lining o‘limidan xabar topganidan so‘ng o‘zini yomon his qilib, hayotdan ko‘z yumgan. 

Manbaga ko‘ra, shanba kuni bolaning onasi holsizlanib, o‘zini yomon his qilgan. Ayol Saudiya Arabistoni sharqidagi Al-Asa shifoxonasiga yetkazilgan va shu yerda vafot etgan. Oila ikki karra sinov girdobida qolgan. 

Voqea ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini qattiq ta'sirlantirdi. Ular ikki karra fojia haqidagi xabar bilan o‘rtoqlashib, o‘tganlar oxirati uchun duo qilishni so‘rashgan. 

"Ota-ona uchun eng musibatli damlardan biri - o‘g‘il yo qizidan bevaqt ayrilish", - deb yozadi Al-Anid ismli foydalanuvchi. 

Top