14:57 / 06.06.2017
8295

«Arsenal» Mbappe uchun taklifni oshirdi, «MYu» ham kurashga qo‘shilgan

Angliya klublari va «Real» «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe uchun jiddiy kurash olib bormoqda.

«Real» ayni vaqtda bu raqobatda favorit sanalmoqda. Madridliklar 18 yoshli bu hujumchi uchun 135 million yevrodan voz kechishga tayyor.

As nashri Radio Montecarlo radiosiga asoslanib xabar berishicha, «Manchester Yunayted» ham kurashga qo‘shilgan va bu transfer uchun 130 million yevro sarflashga tayyor bo‘lib turibdi.

Bungacha Angliyaning boshqa bir jamoasi «Manchester Siti» ushbu futbolchini qo‘lga kiritish uchun 120 million ajratmoqchiligi ma'lum qilingandi.

Futbolchi uchun «Arsenal» ham asosiy da'vogarga aylangan. Avvaliga 100 million, keyinroq 115 million yevro taklif etgan va rad javobi olgan londonliklar uchinchi taklifni ham berishgan. Daily Mail xabariga ko‘ra, u «Arsenal» Mbappe uchun 126 million yevro taklif etmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger va ijrochi direktor Ivan Gazidis ayni vaqtda Fransiyada bo‘lib turishibdi.

Top