«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning mahbubasi Jorjina Rodriges "Instagram"da to'y liboslari taklif etadigan sahifaga obuna bo'ldi. Bu esa ispaniyalik jurnalistlarda ushbu juftlikning nikoh marosimi yaqin ekani haqidagi taxminlarni paydo qildi.

Bundan oldinroq portugaliyalik futbolchi farzand kutayotgani haqida ma`lum qilingandi.

8 iyun kuni futbolchiga surrogat ona ikki chaqaloq - Yeva va Mateuni tug'ib bergandi. Ronaldu 2010 ilk marta ota bo'lgan, uning birinchi farzandini ham surrogat ona tuqqandi. Unga kichik Krishtianu Ronaldu deya ism qo'yishgan.