13:07 / 17.08.2017
8364

Xitoy Rossiyaga o‘z hududida yangi AES qurishni taklif qildi

Foto: RIA "Novosti"

«ASE» Injiniringovaya kompaniya» AJ boshqaruv kompaniyasining Janubiy Osiyodagi loyihalari bo‘yicha vitse-prezidenti Andrey Lebedevning ma'lum qilishicha, Xitoy Rossiyaga Tszyansu viloyatida yangi atom elektrostansiyasini qurishni taklif qilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Olti blokdan iborat bo‘lgan ikkinchi maydoncha imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda, hamda bizning Xitoy bilan o‘zaro muloqotimizda muhokama etilayapti, shuning uchun bizda bu yerda yaxshi istiqbollar bor», - dedi Lebedev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni Xitoydagi yangi olti blokli atom elektrostansiyasining kamida ikki energoblogi qurilishida ishtirok etishni mo‘ljallagan.

Dunyodagi eng kuchli elektrostansiyalar

Mavzuga oid
Top