O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi qonunni imzoladi.

U Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 15 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2017 yil 24 avgustda ma`qullangan.

1-modda. O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi O'RQ—378-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, №12, 340-modda) o'zgartish va qo'shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.

2-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ- huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta`minlaydilar; ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o'rtasida tushuntirilishini ta`minlaydi.

3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kirdi.