12:42 / 23.09.2017
11154

Falkao Fransiya chempionatida noyob natija qayd etdi

Foto: Twitter/AS Monaco

«Monako» hujumchisi Radamel Falkao Fransiya chempionatining 7-turida «Lill» darvozasiga ikkita to‘p kiritdi. 

31 yoshli kolumbiyalik futbolchi aqlbovar qilmas darajada samaradorlik ko‘rsatmoqda. Futbolchi kiritgan gollar soni 11taga yetdi. Eng qizig‘i u bu gollarni darvozaga bergan 12ta aniq zarbasidan so‘ng kiritgan. Faqatgina bir marta uning zarbasini darvozabon qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.

Falkao hozirda Yevropaning top-5 chempionatlarini umumiy hisoblaganda ham eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid
Top