00:34 / 04.10.2017
33584

Las-Vegasda ommaviy qotillik ijro etilgan xonada olingan video paydo bo‘ldi

1 oktabrda Las-Vegasda 59 kishini o‘ldirgan va 527 kishini yaralagan mergan otishmani optik nishonga olgichli miltiqdan olib borgan bo‘lishi mumkin. Bundan ABC telekanali tomondan joylashtirilgan video guvohlik beradi. 

Telekanal ko‘rsatgan videoda ochilib yotgan eshik va politsiya xonaga eshikni buzib kirishi oqibatida undan ajralgan yog‘och bo‘laklari ko‘rinib turibdi. Xonaning polida esa optik nishonga olgichlik miltiq turibdi. Ehtimol bu AQShda ommabop bo‘lgan AR-15 miltig‘i bo‘lishi mumkin. Avvalroq qotil unda bo‘lgan o‘nlab qurol ichidan aynan shuni qo‘llagan bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingandi. 

Mavzu
Las-Vegasdagi otishma

1 oktabr oqshomida Las-Vegasdagi kantri-festival qatnashchilariga qarata o‘t ochildi. Jinoyatchi «Mandalay Bey» mehmonxonasining 32-qavatidagi xonada bo‘lgan va oynadan turib o‘t ochgan.

Barchasi
Mavzuga oid
Top