Suriya hukumati armiyasi IShIDga qarshi harbiy amaliyotlar davomida Mayadin shahridagi jangarilarni o‘rab oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.
«Bizning qurolli kuchlarimiz ilg‘orlari ittifoqchilar bilan birgalikda Dayr-az-Zor frontidagi Mayadin shahrini qurshab oldi»,— degan agentlik suhbatdoshi.
Mayadin yaqinda IShIDning «yangi poytaxti» sifatida e'lon qilingandi. Bu shahar Al-Umar neft konlari yaqinida joylashgan va shu tufayli muhim strategik shahar hisoblanadi.
Suriya armiyasi IShID nazoratidagi Mayadin shahrini 6 oktabr kuni qamal qilishni boshlagandi. Shu kuni Rossiya Mudofaa vazirligi AQShning Suriyadagi harakatlari bo‘yicha shikoyat qilgandi. Rossiya tomoni fikricha, amerikalik harbiylar Et-Tanf yaqinidagi jangarilarga yordam bermoqda. Pentagonda bu ayblov rad etildi.