10:30 / 02.11.2017
5171

Facebook kompaniyasi uchinchi chorak bo‘yicha hisobot berdi

Amerikaning Facebook kompaniyasining sof daromadi joriy yilning uchinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 79 foizga o‘sdi. 1 noyabr kuni e'lon qilingan korporativ hisobotda shu haqda so‘z yuritilgan. 

Hujjatga muvofiq, kompaniyaning 30 sentabrda tugagan uch oylikdagi sof foydasi 4,71 mlrd yoki bir dona aksiyadan 1,59 dollarni tashkil etgan. 2016 yil uchinchi choragida bu ko‘rsatkich taxminan 2,63 mlrd dollarni, ya'ni aksiyasi 90 sentdan foyda keltirgan. 

Hisobot davridagi umumiy tushum 47 foizdan ortiqroq o‘sib, 10,3 mlrd dollarni tashkil etgan. Tahlilchilar bu raqamning 9,8 mlrd dollar bo‘lishini taxmin qilishgan edi. Bir yilda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni dunyo bo‘ylab 16 foizga oshib, 2,07 mlrd kishiga yetgan. 

The Wall Street Journal gazetasiga ko‘ra, kompaniya reklama evaziga shunday natijaga erishgan. 

Mavzuga oid
Top