08:33 / 15.01.2018
16478

General-mayor Po‘lat Bobojonov Xitoy elchisi bilan uchrashdi

Foto: mvd.uz

XXRning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi IIVga tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor P.Bobojonov kutib oldi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bergan.

Tashrif XXRning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sun Litszening vakolat muddatining tugashi bilan bog‘liq bo‘lgan. Diplomat, an'anaga ko‘ra, o‘z yurtiga jo‘nab ketish oldidan IIVga tashrif  buyurish, ko‘p yillik do‘stlik aloqalari va samarali hamkorlik uchun samimiy minnatdorlik izhor etish istagini bildirgan.

General-mayor P.Bobojonov mehmonga yuzlanar ekan, elchi Sun Litsze o‘zining professionalligi, faol hayotiy pozitsiyasi bilan qadim va shonli tarixga ega ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yuqori darajaga ko‘tarilishiga hissa qo‘shganini e'tirof etdi. Bizning madaniyatimiz, an'ana va urf-odatlarimiz o‘xshash, xalqlarimiz esa mehnatsevarligi, xayrixohligi va mehmondo‘stligi bilan ajralib turadi, degan vazir. 

Mavzuga oid
Top