08:58 / 06.05.2024
5768

O‘zbekiston va Tojikistonning 16 nafar fuqarosi Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

Foto: Polisia.kz

Qozog‘istonda politsiya departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida 16 nafar xorijlik fuqarolarning noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlandi, deb xabar beradi Polisia.kz.

Ulardan yetti nafari O‘zbekiston Respublikasi, to‘qqiz nafari Tojikiston Respublikasi fuqarolaridir.

Mazkur xorijliklar Satpayev shahrida tegishli ruxsatnoma va hujjatlarsiz ishlab kelgani aniqlangan.

Nashr xabariga ko‘ra, ular Satpayev shahrida ma’muriy javobgarlikka tortilgan holda noqonuniy tarzda ishlab, sud qarori bilan belgilangan talablarni bajarmagan va Qozog‘iston Respublikasining migratsiya sohasidagi qonunchiligini buzgan.

Bundan tashqari, Tojikiston Respublikasining ikki nafar fuqarosi Olmaota shahar sudi tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarori talablarini bajarmay, javobgarlikdan bo‘yin tovlab kelgani aniqlandi. 

Qayd etilishicha, chet el fuqarolarini noqonuniy mehnat faoliyatiga jalb qilgan ish beruvchilar ham qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 

Huquq-tartibotni ta’minlash maqsadida barcha chet el fuqarolari mamlakatdan majburan chiqarib yuborildi. 

Top