«Har bir oila – tadbirkor» dasturiga yana salkam 100 mln dollar ajratildi
Ikki oy avval ham ushbu dastur uchun 100 mln dollar yo‘naltirilgan edi.
«Har bir oila – tadbirkor» dasturini hamda Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ–4782-son, 14.07.2020 y.) qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qarorga asosan pandemiya sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘irlashgan oilalarning bandligini ta'minlash orqali ularga daromad manbayini yaratish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi uchun qo‘shimcha ravishda 98 mln dollar:
- «Agrobank» ATBga – 40 mln dollar;
- AT Xalq bankiga – 30 mln dollar;
- «Mikrokreditbank» ATBga – 28 mln dollar ekvivalentida mablag‘lar ajratiladi.
Ma'lumot uchun, ushbu dasturga shu yilning may oyida ham 100 mln dollar yo‘naltirilgan edi.
14 iyuldagi qaror bilan, Namangan viloyati hokimligiga 50 mln dollar ajratiladigan bo‘ldi. Mablag‘lar viloyatdagi kichik sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga 2 mln dollar ajratilmoqda.
Mavzuga oid
18:32
Tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi
11:00 / 30.10.2024
O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani aytildi
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
14:40 / 09.09.2024