Oliy Majlis Senati yalpi majlisida «Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etiş jarayonlari soddalaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 241.10-moddasiga özgartiriş kiritiş haqida»gi qonun körib çiqildi.
«Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etiş jarayonlarini yanada soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarorida tadbirkor tomonidan davlat organlariga taqdim etadigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona röyxati tasdiqlanib, unga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik sub’yektlaridan talab qiliş taqiqlangan edi.
Şu bois majlisda muhokama qilingan qonun tadbirkorlar tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etiş jarayonlari soddalaştirilişi munosabati bilan hisobotlarni qabul qiluvçi organlarning javobgarlik çoralarini kuçaytirmoqda.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona röyxatiga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik sub’yektlaridan talab qilib olganlik uçun javobgarlik (jarima jazosi) belgilanmoqda.
Ta’kidlanişiça, muhokamadan söng qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.







