Jahon | 18:42 / 22.11.2018
26359
1 daqiqa o‘qiladi
Piza minorasi to‘g‘rilana boshladi
Keyingi 17 yil davomida Piza minorasi to‘rt santimetrga to‘g‘rilandi, deb yozmoqda Corriere della Sera gazetasi.
Minora holatini kuzatuvchi ekspertlar guruhidan o‘rin olgan professor Salvatore Settisning aytishicha, XX asrda minoraning og‘ishi kuchaygan. Shu sababli xalqaro tadqiqotchilar guruhi 1993 yildan 2001 yilgacha minorani to‘g‘rilash ishlarini olib borgan. Ular mazkur me'moriy yodgorlikni taxminan 41 santimetrga to‘g‘rilashga erishishgan.
Piza minorasi Italiyadagi Duomo Santa Maria Assunta katolik ibodatxonasining qo‘ng‘iroqxonasi bo‘lib, u yonboshga og‘ayotgan holati bilan mashhur.