«Ma'lumotlarning kamligi şubha-gumonlar ortişiga sabab böladi» – Deputat Sardoba fojiasi haqida
|20:10 / 14.05.202023 92612 min
Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi deputati Obidjon Latipov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Sardobadagi fojianing yuzaga kelişiga sababçi bölgan omillar, tizimli muammolar va mazkur fojiadan çiqariladigan xulosalar haqida söz yuritdi.
– Obidjon aka, Sardoba fojiasi keça yoki bugun paydo bölgan muammolarimizning mahsuli emas. Bu yillar davomida şakllanib kelgan tizimli muammolarimiz mahsuli. Deylik, korrupsiya, tenderlardagi “taniş-bilişçilik” yoki qurilişning sifatli amalga oşirilmasligi. Afsuski, Sardoba suv ombori halokatidan keyin bu masala yana kun tartibiga çiqib turibdi. Demak, yana “öyinlar” davom etgan. Şunday emasmi?
– Sardoba fojiasi juda köp, şu paytgaça bölib kelgan kasallik, illatlarning belgisi, tibbiyot tili bilan aytganda, isitmasi, deyişimiz mumkin. U kasallik qançalik çuqur ildiz otganligini yaqqol isbotlab, körsatib bergan belgi sifatida namoyon böldi. Göyoki, taşqaridan ma'lumot sifatida qaraydigan bölsak, bu birgina hodisa.
Aslini olganda, kengroq yondaşadigan bölsak, kuzatişni yaqin va undan oldingi kunlarimizga suradigan bölsak, xuddi şunaqa fojialar avval ham bölganligini, metro qurilişi bilan boğliq voqeani misol qilib keltirişimiz mumkin. Yunusobod yönalişi metrosi qurilişidagi hodisaga ham yomğir sabab deb körsatildi. Insonlar halok bölganini kördik. Vodiyda poyezdlarning qulab tuşişi bilan boğliq holatlar böldi va şunga öxşaş voqealar, namunaviy uylar bilan boğliq sifatsiz qurilişlar natijasida kelib çiqqan muammoli vaziyatlarni kördik. Bu ikkita narsaga jiddiy e'tibor qaratişimiz kerakligini körsatib berdi, deb aytolaman.
Birinçisi, davlat xaridlari yoki davlat buyurtmalari bilan boğliq jarayonlarning şaffofligi. Davlat budjeti tomonidan moliyalaştiriladigan xarajatlar, harakatlar, taşkil etilgan çora-tadbirlarning şaffofligi, ya'ni budjetning çiqim qismi qançalik şaffof, degan masalani kun tartibiga yaqqol olib kelib qöydi.
Hozir biz juda köp muhokama qilyapmiz. Lekin muhokama qilişga arzirli ma'lumotning özi yöq. Suv ombori kiçkinagina obekt emas. Bu yöl qurilişi yoki köprik qurilişi emasligini tan olaylik. Strategik obekt nuqtai nazaridan u bilan boğliq xarajatlar va uning tarkibi allaqaçon ommaga yetkazilgan bölişi kerak, allaqaçon mavjud bölişi kerak.
Mavzuga oid
Biz hatto halokatdan keyin ham bilmaymiz bu narsalarni. Ma'lumotlar nima uçun e'lon qilinmaganligi juda ajablanarli holat. Şu nuqtai nazardan olib qaraydigan bölsak, öşa davlat xaridlari va buyurtmalarida şaffoflik jiddiy masala ekanligi birinçi öringa çiqdi.
Judayam muhimligi jihatidan ikkinçi masala – bu kadrlar masalasi. Bu xohlaymizmi-xohlamaymizmi, eskiça fikrlaydigan, qolipda qotib qolgan, faqatgina buyruq berilganda, “xöp böladi, bajaramiz”, deydigan eski tizim kadrlari bugungi kun talabiga javob bermasligini körsatib berdi.
Çunki zamon talabiga köra, “xöp böladi, bajaramiz” emas, mutaxassislarning hisob-kitobi bilan, ular közda tutgan ehtimoliy xavf-xatarlarni inobatga olgan holda bölişi kerak. Bu ikkinçi asosiy masala.
Ya'ni biz bugungi kun talabiga javob beradigan kadrlarga ega bölişimiz kerak. Ehtimol, qaysidir sohalarga köproq hissa qöşgandir, lekin eskiça fikrlaydigan, qotib qolgan eski kadrlardan voz keçiş davri keldi, deb öylayman. Bundan keyin yana e'tibor qaratişimiz kerak bölgan bir neçta nuqtalar bor.
–Mana, fojia yuz berganiga bir neça kun ötdi. Lekin haligaça jurnalist va blogerlarning oçiq ma'lumotlar asosida tayyorlagan suriştiruvlarinigina öqiyapmiz. Voqeaga guvoh bölgan, şu qurilişda işlagan, lekin nomini aytişga qörqayotgan odamlar orqaligina ma'lumotga ega bölyapmiz. Afsuski, bu haqda haligiça na matbuot anjumani taşkil etildi, na bir rasmiy ma'lumot berildi.
– Şuni aytib ötib ketişim kerak, deb hisoblayman. Birinçisi, bu jarayonga rasmiy munosabatning judayam kamligi va ommaga yetarli ma'lumotning taqdim etilmayotganligi. Odatda, bunaqa keng kölamli holatlarda rasmiylar tomonidan şoşilinç ravişda va maksimal darajada tölaqonli ma'lumot berişga harakat qilinadi. Nima uçun?
Bu boya aytib ötganimizdek, turli miş-mişlar va xavotirlar urçib ketişining oldini oladi. Vaholanki, bir haftadan oşiq vaqt ötdi, tölaqonli rasmiy ma'lumotni körmayapmiz va yana bir tomonini aytib ötişni xohlardim, jurnalistik kuzatuv yoki voqea joyidan reportajlar bilan boğliq masalalarda ham jarayon judayam sust ketyapti. Bir martagina kördik, “Human.uz” sayti jurnalisti Mavjuda Mirzayevaning borgani va uning operatori bilan boğliq noxuş hodisa bölganligini – bu şubha-gumonlarni yanada orttirsa orttirdiki, bizga jarayonni tölaqonli biliş uçun informatsion ehtiyojni qoldirişga yordam bermayapti.
– Meni ayni paytda öylantirayotgan yana bir masala – Yunusoboddagi metro qurilişidagi fojia yuz berganiga köp bölgani yöq. Bu böyiça hukumat komissiyasi ham tuzilgan edi. Lekin mana şunça vaqt ötdiki, tölaqonli tahlil, yakuniy xulosalar jamoatçilikka taqdim qilingani yöq. Bu öz-özidan savol tuğdiradi. Bu safar ham hukumat komissiyasi taşkil etildi. Eng qiziği, ayni paytda jamoatçilikning diqqat-markazida bölib turgan ayrim şaxslar, şu tizimning rahbarlari komissiyaga kiritilganiga qanday baho berasiz?
– Uşbu masala böyiça men alohida çiqiş qilgan edim. Bu voqea 1 may kuni sodir bölgan bölsa, 2 may kuni bu mavzuda katta post e'lon qilganman. Öşa postda xuddi siz berayotgan savol böyiça masalalarni kötargan edim. Hukumat komissiyasi tuziş bilan masalani yeçiş mantiqan notöğri.
Çunki istaymizmi-yöqmi, siz aytayotgan şaxslarga nisbatan şubha bölmagan taqdirda ham, jarayonni örganişni ularga topşiriş notöğri bölar edi. Çunki ijro organiga özi yoki qöl ostidagilar bajargan işning töğri yoki notöğriligini aniqlaşni topşiriş mantiqan olib qaralganda öziga özi baho beriş bilan barobar.
Şu nuqtai nazardan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus komissiya tuzilişining özi notöğri, deb hisoblayman. Şuning uçun ham taklif sifatida kiritgandimki, parlament komissiyasi tuzilişi kerak va jarayon parlament komissiyasi orqali örganilişi maqsadga muvofiq bölardi. Çunki parlamentni biz bilamiz, nazorat funksiyasi bor va şu nuqtai nazardan ham bu maqsadli bölardi.
Töğri eslab ötdingiz, Yunusoboddagi fojia böyiça hukumat komissiyasi işi qanday ekanligiga şu paytgaça baho bera olganimiz yöq. Çunki oçiqlikni körmadik va bu ikkinçi şubhani tuğdiradiki, bu jarayonda ham hukumat komissiyasi qançalik samarali işlaşi mavhumligiça qoladi.
– Sardoba fojiasidan qanday xulosalar çiqarişimiz kerak? U bizga nimalarni örgatdi?
– Korrupsiya natijasida xalq boyligi talon-toroj qilingan holatlarning köp ekanligini mana şu Sardoba fojiasi körsatib berdi, deb bemalol aytişimiz mumkin. Bu birinçi asosiy nuqta. Ikkinçi asosiy nuqta – kadrlar masalasi. Boya aytib ötganim.
Hozir yana bir bora xulosani aytişim kerak, deb öylayman. Bizga samimiy, xalqqa xizmat qilişni diliga tukkan, xolis, halol kadrlar juda ham muhim ekanligini bugungi holat körsatib turibdi. Şuningdek, jurnalistlar bilan muloqot qilişni xohlamaydigan, jurnalistlarga qarşi kuraşadigan, ma'lum bir muammo matbuotga çiqib ketişining oldini oliş uçun kuraşadigan, xalqqa işonç bermaydigan mansabdorlardan tezroq voz keçişimiz kerakligini körsatdi.
Davlatning xalqqa, xalqning davlatga işonçini oşirişni xohlaydigan bölsak, öşa işonçni mustahkamlaydigan kadrlarga ehtiyojimiz bor. Mansabdorlar ma'lumotni xalqqa taqdim etişdan qörqmasligi kerak. Köproq ma'lumot beriş uning şaffof ekanligini, mansabdorning legitimligini kafolatlaşini his qiladigan mansabdorlarga ega bölişimiz kerak.
Şu talablarga javob bermaydigan mansabdorlardan mutlaqo voz keçiş kerak va imkon boriça tezroq. Bu qaysi darajadagi mansabda bölişidan qat'i nazar. Uçinçi xulosa esa, mana şunday texnogen tusdagi fojialar bölgan paytda jurnalistlarning, rasmiylarning ommaga ma'lumot yetkaziş mas'uliyatini oşiriş kerak. Çunki ma'lumot kamligining özi xatarni köpaytiradi.
Odamlar xotirjamlikka ega bölmaydi. Ertangi kuni aniq bölmasa, mana uy-joyi, mol-mulkidan ayrildi 10 minglab insonlar, albatta, ertaga hayotim qanday keçadi, degan savolga javob ololmasa, ularda xavotir böladi. Öşa xavotirning oldini oliş uçun ham rasmiy ma'lumotlar, ham jurnalistik tahlillar natijasida yetkaziladigan ma'lumotlarning zarurligini, operativ ma'lumotlar taqdim etilişi kerakligini körsatib berdi bu jarayon.
– Fojia yuz bergan hududda 50 ta köp qavatli binolarning qurilayotgani, ammo öşa yerda yaşovçi uysiz, mol-mulksiz qolgan aholidan ularga köp qavatli uy yoki tomorqa kerakligi söralmayotganligi ham oğriqli masala va qaçongaça fojia yuz berganda uning tovonini davlat yoki xalq tölaşi kerak? Şu qurilişni amalga oşirgan kompaniya javobgar bölişi kerak emasmi oqibatlar uçun?
– Umuman olganda, fikringizga qöşilaman, javobgar bölişi kerak. Ya'ni har bir inson özining bajargan işini, oqibatining javobgarligini olişi kerak. Hatto buning mexanizmlari ham mavjud. Masalan, buyurtmaning hajmi yuz million söm böladigan bölsa, uni nazoratdan ötkaziş bosqiçlari bölgandan keyin şartlar boşidan kelişib olinadi.
Foto: Davergeodezkadastr
Siz aytgandek, xalqning, davlatning pulidan tölanmasligi uçun haqning 50 million sömi ma'lum bir bosqiçda beriladi, 20 millioni ma'lum bir bosqiçda beriladi, bitganidan söng, tekşiruv va sinovdan töliq ötib bölganidan keyin ikki yil, uç yil, ön yil, yigirma yilda beriladigan qismlari böladi. Qonunçilikda şu mexanizmlarni mukammallaştiriş kerak. Ya'ni talafotni kimdir kompensatsiya qilişi. Hammasi joyida bölsa, buyurtmani bajarganlarga ana şu pul beriladi. Agar muammo kelib çiqsa, öşa zaxiraga olib qöyilgan puldan tölanişi şartnomada belgilab qöyilgan bölişi kerak.
– Heç bölmasa, suğurta mexanizmlari bor. Suv ombori talafotga sabab bölişi ehtimoli katta loyiha hisoblanadi. Bunday ehtimol bor ekanmi, suğurtalab qöyilganida siz bilan biz hozir buni muhokama qilib ötirmagan bölardik.
– Gap şundaki, biz hali uşbu obekt suğurtalangan yoki suğurtalanmaganligini ham bilmaymiz. Çunki boya aytib ötganimdek, hozir suhbatlaşayotgan narsalarning tahlillari, taxminlari köpligining asosiy sababi – rasman tasdiqlangan aniq ma'lumotlarning kamligi. Ma'lumotlarning kamligi şubha-gumonlarning ortişiga sabab böladi.
Mening fikrimça, parlamentning parallel ravişda alohida komissiyasi ham tuzilişi kerak. Hukumat komissiyasidan xulosasi farqli bölişi mumkin bölsa ham. Balki bu kimlargadir eriş tuyular, parlament komissiyasi ham tuzilib, uning xulosasi örganilişi kerak.
Komissiyada örganilayotgan ma'lumotlar ommaga yetkazilib turilişi kerak. Kerak bölsa, deyarli har kuni. Çunki bu töğridan-töğri ön minglab fuqarolarning taqdiri bilan boğliq bölgan jarayon. Şunçaki, kabinetlarda 5-10 kişining yiğilişi bilan hal böladigan masala emas.