Kun.uz ixtiyoriga Sardoba toşqini sabablari böyiça olib borilgan yana bir sud işi yakuniga oid ma’lumotlar kelib tuşdi. Ma’lumotga köra, jami 29 nafar şaxs Jinoyat kodeksining 167- (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 209- (mansab soxtakorligi), 243- (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) moddalari bilan aybli deb topilgan.
Sudlanuvçilarning 3 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq jazo tayinlangan. Jumladan, «Öztemiryölqurilişmontaj» unitar korxonasi boş direktori örinbosari – Gidrotexnik inşootlar quriş direksiyasi boşliği lavozimida işlagan M.X. 10 yil-u 3 oyga, Gidrotexnik inşootlar quriş direksiyasida işlab çiqariş bölimi boşliği lavozimida işlagan F.D. 122 mln 650 ming söm jarimaga tortilgan holda 5 yilga, «UzGip» MÇJ Istiqbolli loyihalarni rejalaştiriş bölimi boşliği S.R. esa 133,8 mln söm jarimaga tortilgan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Ayblanuvçilar orasida «UzGip» MÇJ Istiqbolli loyihalarni rejalaştiriş bölimining 86 yoşli xodimi ham bor. Unga bazaviy hisoblaş miqdorining 400 baravari – 68 mln söm jarima qöllangan.
Qolgan sudlanuvçilarga ozodlikni çeklaş, ma’lum muddat mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qiliş hamda jarima bilan boğliq jazolar qöllangan. Jarima jazolarining eng köpi bazaviy hisoblaş miqdorining 600 baravari – 133 mln 800 ming söm.
Şuningdek, sud hukmida sudlanuvçilardan solidar tartibda davlat daromadi hisobiga jami 115 mlrd 811 mln söm undiriş belgilangan.
«Sardoba işi» böyiça 2021 yilning 10 may kuni ham Özbekiston Oliy sudining Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atida yopiq sud majlisi ötkazilgan va bir guruh sudlanuvçilarga jazo tayinlangandi.
Eslatib ötamiz, 2020 yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyati hududidagi Sardoba suv omborida töğon öpirilib, suv toşqini yuzaga kelgandi. Suv toşqini natijasida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aholi punktlari va ekinlarga zarar yetgan. Binolar, yöllar, kommunikatsiyalar vayron bölgan. Uçta tumandagi 22 ta qişloqdan 60 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, voqea oqibatida 6 kişi halok bölgan.


















