Jahon | 08:14 / 10.02.2024
22346
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada mehnat muhojirlari va qo‘riqchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Mahalliy politsiya xodimlari ma’lumotiga ko‘ra, mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi mehnat muhojirlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani, unda O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mehnat migratsiyasi agentligi hodisa tafsilotlari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mushtlashuv 2024 yil 8 fevral kuni Moskva viloyatidagi “Wildberries” omborxonasida bir guruh ishchilar va qo‘riqchilar o‘rtasida yuz bergan.

Mahalliy politsiya xodimlari taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid