O‘zbekiston ilk marta YeOII hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. U Almati shahrida o‘tkaziladi
Yig‘ilishda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ichki bozor faoliyatiga to‘sqinlik qiladigan to‘siqlarni olib tashlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadbirda O‘zbekiston vakillari ham qatnashishi rejalashtirilgan.
2021 yil 5 fevral kuni Qozog‘istonning Almati shahrida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda YeOIIga a'zo davlatlar Armaniston, Belorusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya hukumat rahbarlari, Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi hay'at raisi, shuningdek, tashkilotdagi kuzatuvchi davlatlar Moldova, O‘zbekiston va Kuba vakillari ham qatnashishi rejalashtirilgan
Hukumatlararo kengash yig‘ilishi tor va kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tishi belgilangan. Yig‘ilish kun tartibiga savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ichki bozor faoliyatiga to‘sqinlik qiladigan to‘siqlarni olib tashlash, shuningdek, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida integratsion salohiyatni rivojlantirish masalalari kiritilgan.
Bundan tashqari, yig‘ilish ishtirokchilari innovatsion va texnologik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va raqamli ekotizimlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan «Global iqtisodiyotning raqamli kelajagi» xalqaro forumiga tashrif buyurishadi. Forumga ushbu sohaning yetakchi olimlari va mutaxassislari taklif etilishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, 2020 yil 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ning videoanjuman shaklidagi sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.
Avvalroq, YeOII bilan hamkorlik bo‘yicha 2021 yilga oid «Yo‘l xaritasi» tasdiqlanganligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
14:38 / 07.11.2024
«Turkiy davlatlar tashkiloti YeOIIga raqobatchi bo‘ladi» – qirg‘iz siyosatshunosi
22:40 / 19.10.2024
Million dollarlik litsenziya, YeOIIga rad javobi va 2x YaIM prognozi - hafta dayjesti
21:12 / 17.10.2024
O‘zbekiston hech qanday harbiy tuzilmalarga qo‘shilmaydi - Akmal Saidov
22:35 / 26.08.2024