Bişkekda Turkiy davlatlar taşkilotining yetakçilari iştirokidagi sammiti ötkazildi. A’zo 5 davlat, şuningdek, kuzatuvçi maqomidagi Vengriya rasmiylari unda qatnaşdi. Qirğizistonlik siyosatşunos fikriça, sammitda standart mavzular muhokama qilindi.

Tuzilmaning yagona yutuği – turkiy dunyoni birlaştira olgani. Ekspert Fazliddin Madiyev esa taşkilot harbiy hamkorlik qilişi kerakligini ta’kidladi. 

Özbekiston prezidenti Mirziyoyev sözga çiqarkan, turkiy dunyo loyihalariga tösiq bölayotgan keskin geosiyosiy vaziyatga töxtaldi. Dunyoda davom etayotgan uruşlarga munosabat bildirib, Ğazo sektori va Livandagi gumanitar fojiani, tinç aholi qurbon bölayotganini oqlab bölmasligini aytdi. Isroilning UNRWA faoliyatini çeklaşga qaratilgan harakatlarni Özbekiston keskin qoralaşini yetkazdi. 

Qozoğiston prezidenti Bişkekka Fransiyadagi davlat taşrifini yakunlab, yetib keldi. Ozarboyjon prezidenti nutq sözlarkan, taşkilot budjeti yetarli emasligini, şuning uçun 2 million dollar berişini, Oqsoqollar kengaşi faoliyati uçun yana 100 ming dollar ajratişini aytib ötdi. Turkiya prezidenti Erdöğan esa öz çiqişida Ğazodagi uruşni turkiy davlatlar keskin rad etişini aytib ötdi. Bilasiz, Özbekiston bu taşkilotga 2019 yilda qöşilgan. Davlatning birinçi ma’muriyati tuzilmaga kiriş taklifini rad etgan. 

Qirğizistonlik siyosatşunos Aslan Mamatga köra, tuzilmada prioritet iqtisodiyot va xavfsizlik.

«Muhokama markazida doimiy, standart mavzular — siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik. Raislik Qirğizistonga ötgan hamda mahalliy siyosatçilar sözlari va Qirğiziston asosiy sammit oldidan ötkazgan tadbirlar ketma-ketligiga qarasak, Bişkekning asosiy urğusi iqtisodiyotga bölyapti. Taşkilot boş kotibi Quvonçbek Ömuraliyev yalpi sessiyadan avval Investitsion fond öz işini boşlaşini e’lon qildi. Fond budjeti hozir 500 mln dollar. Ikkinçi asosiy masala xavfsizlikdir», — deydi Aslan Mamat.

Ekspert Fazliddin Madiyevga köra, ideologik jihatdan turkiy dunyo bir-biridan farq qiladi. Bugun dunyo talabidan kelib çiqib harbiy sohada ham hamkorlik qiliş kerak. Çunki tuzilmadagi Turkiya, Özbekiston, Qozoğiston va Ozarboyjon yirik harbiy potensialga ega. Himoya va mufodaa böyiça yaqinlik lozim, deydi u. 

Aslan Mamatning qöşimça qilişiça, oradan 15 yil ötib, tuzilmaning yagona katta yutuği turkiy dunyoni bir joyga yiğa olganida. 

«