Buxoroda «Bir mahalla - bir mahsulot» tamoyili bo‘yicha yangi kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi
Prezidentning “Buxoro viloyatida “Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili asosida yangi kichik sanoat zonalarini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Buxoro viloyati kichik sanoat zonalari hududida joylashtirish uchun zamonaviy texnologiyalarga asoslangan import o‘rnini bosuvchi va eksportbop, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan qiymati 678 mlrd so‘mlik 305 ta istiqbolli loyihalar manzilli ro‘yxati shakllantirilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan va ball boniteti past qishloq xo‘jaligiga oid ekin yer maydonlari negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Vazirlar Mahkamasi Buxoro viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan past rentabelli 34,2 gektar yer maydonlarini sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Belgilanishicha:
- kichik sanoat zonalarini tashkil etish maqsadida yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq qoplangandan so‘ng ushbu yerlardan boshqa maqsadlarda foydalaniladi;
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar olinishi sababli qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishi oldini olish maqsadida 2023 yil 1 yanvarga qadar toifasi o‘zgartirilayotgan sug‘oriladigan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda yangi yerlar o‘zlashtirilishi ta’minlanadi.
Mavzuga oid
12:05 / 06.01.2025
Buxoroda 34 milliardlik kriptoaktivlarni aylantirgan o‘smirga ochilgan jinoyat ishi tugatildi
14:55 / 28.12.2024
Buxoroda Hayrabot kanalida cho‘kayotgan 16 yoshli qiz qutqarib qolindi
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
15:29 / 03.12.2024