Buxoro viloyati IIB xodimlari 2024 yil dekabr oyida litsenziya olmasdan, 2,6 million dollarlik kriptoaktivlarni «aylantirgan» 17 yoşli ösmirni qölga olgandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi uçinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari boşlangan.

Ekologiya vazirligi maslahatçisi Rasul Kuşerbayevning ma’lum qilişiça, Murodjon Zuvurovga nisbatan oçilgan jinoyat işi 30 dekabr kuni tergovçining qaroriga köra, harakatdan tugatildi. Murodjonning qilgan işi ijtimoiy xavfli emasligi, aybidan puşaymonligi, oilaviy ahvoli va hokazolar inobatga olingan.

«Dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat işini, uning roziligiga asosan Özbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 5-qismi 2-bandiga asosan ijtimoiy xavfi katta bölmagan yoki unça oğir bölmagan jinoyatni birinçi marta sodir etgan şaxs, aybini böyniga oliş töğrisida ariza qilgan, çin köngildan puşaymon bölgan, jinoyatning oçilişiga faol yordam berganligi sababli uning aybliligi haqidagi masalani hal qilmasdan turib, harakatdan tugatilsin», — deyiladi tergovçining qarorida.

Tergov hujjatlariga köra, Murodjon Zuvurov «Binance» kripto-birjasida 2024 yil 13 maydan 12 noyabrga qadar jami 1 ming 865 marotaba amaliyot natijasida 17 milliard 339 million sömlik USDT sotib olgan, şuningdek 3 ming 364 marotaba amaliyot natijasida jami 17 milliard 341 million sömlik USDT’ni sotgan. Jami taqiqlangan kripto-aktivlar aylanmasi 34 milliard 680 million sömdan oşadi.

Jinoyat işi harakatdan tugatilişi bilan birga, voyaga yetmagan M.Zuvurovga 2024 yil 14 dekabr kuni e’lon qilingan ayblov olib taşlangan hamda unga nisbatan qöllangan şaxsiy kafillik ehtiyot çorasi bekor qilingan.

M.Zuvurovning iş doirasida olib qöyilgan iPhone 15 Pro Max telefoni öziga qaytarib berilgan, qolgan aşyoviy dalillar jinoyat işi hujjatlari bilan saqlanişi uçun olib qöyilgan.