Toshkentda Malibu-2, Lacetti va LADA to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi
Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida yuz bergan YTHda Malibu-2 haydovchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Joriy yilning 13 iyun kuni soat 01:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi M.A. boshqaruvida bo‘lgan Malibu-2 rusumli avtomashina, 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi A.Z. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina hamda 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi P.L. boshqaruvidagi bo‘lgan LADA rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
YTH oqibatida Malibu-2 avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:05 / 30.09.2024
Chilonzordagi maktabda o‘quvchini urgan ayol jarimaga tortildi
14:00 / 18.09.2024
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
11:51 / 24.08.2024
Chilonzordagi “Oltin markazi” oldida bezorilik sodir etganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
07:39 / 15.08.2024