20 noyabr – Qozoğistonda muddatidan avval prezidentlik saylovlari bölib ötadi. 11 oktyabr kuni mamlakatda prezidentlikka nomzodlarni körsatiş jarayoni yakunlandi. Hozirça Markaziy saylov komissiyasi prezidentlikka nomzod sifatida 12 kişini röyxatga oldi – röyxatga oliş 21 oktyabrgaça davom etadi.
Bu saylov mamlakatdagi siyosiy tizimni özgartiradigan, iqtisodiy ösişga, fuqarolar farovonligi va turmuş şaroitlarini yaxşilaşga xizmat qiladigan jarayon sifatida körilmoqda. Amaldagi prezident Qosim-Jömart Töqayev tomonidan şunga va’da berilmoqda.
Kun.uz muxbiri Qozoğistonda ötadigan prezidentlik saylovi, qozoq jamiyatida bu jarayonga bölgan qaraş, nomzodlar, unda muxolifatga qançalik yöl berilgani, şuningdek, Qozoğiston va Özbekiston aloqalariga oid qator savollar bilan qozoğistonlik tahlilçi Saparboy Jubayevga yuzlandi.
— Saparboy aka, yaqinlaşayotgan prezidentlik sayloviga qozoq jamiyatining e’tibori, munosabati qanaqa? Töqayevning imkoniyatlari tuşunarli, saylovda qatnaşayotgan boşqa nomzodlarning imkoniyatlari qanday? Muxolifatga yöl berilganmi?
Qandaydir intrigalar kutilyaptimi?
— Fikrimça, Qozoğistonda navbatdan taşqari saylovlar ötkazilişiga yil boşidagi terroristik harakatlar ham sabab böldi.

Töqayevning prezidentlik muddati kelgusi yili tugaşi kerak edi. Ammo bölib ötgan ana şu hodisalar fonida prezident bir yilda ikki bor xalqqa murojaat yölladi. Töqayev şulardan birinçisida konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş haqida taklif kiritdi va biz uni referendumlar orqali qabul qildik. Ikkinçi çiqişda esa noyabr oyining yigirmançi kuni muddatidan oldin prezidentlik saylovlari ötkazilişi belgilandi.
Bularning mohiyatida bölayotgan katta özgarişlar davomida prezident xalq özi bilanmi yoki bunga zid fikrdaligini aniqlagan bölsa, ikkinçi tomondan xalq orasida ham turfa fikrlilar bor. Sababi 8 yilda ikki bor qayta saylaniş imkoniyati bölaturib, nima sababdan yetti yilda bir marta saylov özgartirişi kiritilmoqda. Ikkalasining farqi yöq-ku, degan tuşunçalar ham bor.
Şaxsiy fikrimni aytadigan bölsam, bugungi kunda xalq Töqayevga katta umidlar bilan köz tikib turibdi. Şuning uçun ham Töqayev xalq işonçi bilan yetti yilga saylanib, özining közlagan niyatlarini amalga oşirişga urinib köradi. Bundan taşqari, yanvar oyidagi terroristik harakatlar vaqtida 200 dan ortiq odam halok bölişida qisman Töqayevni ham ayblaydiganlar yöq emas. Ular nima uçun bu jinoyatlarga sud hukmi öqilmay turib, qayta saylov ötkazişmoqçi degan savollarni ham berişmoqda.

















