Sport | 15:40 / 25.07.2021
44165
1 daqiqa o‘qiladi

Tokio-2020. Sport gimnastikasi. Chusovitina sportchilik faoliyatini olimpiyachilar qarsaklari ostida yakunladi

Foto: Getty Images

Olimpiada-2020 sport gimnastikasi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi saralash bosqichi o‘tkazilib, unda o‘zbekistonlik afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina chiqish qildi.

O‘zbekistonlik 46 yoshli sportchining chiqishi hakamlar tomonidan 14.166 ballga loyiq ko‘rildi. Bu esa saralashdagi 11-natija bo‘ldi.

Qayd etish joiz, Oksana Chusovitina so‘nggi chiqishini amalga oshirgach, arenadagi barcha rasmiylar va gimnastikachilar afsonaviy sportchini qarsaklar ostida kuzatib qo‘yishdi.

Barcha raqiblari u bilan suratga tushdi. Oksana ham faoliyatidagi so‘nggi Olimpiadasidagi so‘nggi chiqishidan keyin ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Chusovitina uchun faoliyatidagi 8-Olimpiadaga aylandi. Gimnastikachilar orasida bu rekord natijadir.

Mavzuga oid