O‘zbekiston | 14:41 / 20.09.2018
70780
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Hamkorlikka intilish va mas'uliyat Markaziy Osiyo mamlakatlariga farovonlikni kafolatlashi mumkin, deb hisoblaydi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

«Barqaror taraqqiyot va mintaqa ravnaqi uchun mustahkam kafolatga hamkorlikda intilish  Markaziy Osiyo barcha davlatlarining umumiy kelajagi uchun mas'uliyatga aylanadi», - deyiladi xalqaro transport konferensiya ishtirokchilariga murojaatda. Uni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.

O‘zbekiston rahbarining ta'kidlashicha, Markaziy Osiyo rahbarlarining sa'y-harakatlari tufayli «qisqa vaqt davomida yangi siyosiy ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhiti shakllandi». «O‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘lida tarixiy muhim qadamlar tashlandi. <...> Hayotning o‘zi bu choralar yetarli emasligini ko‘rsatmoqda».

«Yirik xalqaro bozorlarni o‘zaro bog‘laydigan mintaqaning strategik joylashuvi hisobga olinsa, xalqaro transport yo‘laklari tizimiga mintaqa integratsiyasini jadallashtirish maqsadida mamlakatlarimiz sa'y-harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi», - deya ta'kidlab o‘tdi Mirziyoyev.

Portlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati yo‘qligi sababli, deya qayd etadi O‘zbekiston prezidenti, mamlakatlar jiddiy xarajatlarga uchramoqda. Ular eksport qiymatining 70-80 foiziga teng.

Mavzuga oid