O‘zbekiston | 15:04 / 23.12.2015
12420
2 daqiqa o‘qiladi

Chimyon MDH hududidagi narxi qimmat bo‘lmagan tog‘-chang‘i kurortlari o‘nligidan joy oldi

Travel.ru sayyohlik servisi va Forbes jurnali bilan hamkorlikda e'lon qilingan reytingda Chimyon bazasi narxi qimmat bo‘lmagan tog‘-chang‘i kurortlari o‘ntaligiga kiritildi.

Reyting rossiyalik sayyohlar uchun tog‘-chang‘i kurortlaridagi xizmat ko‘rsatish sifati va narxi bo‘yicha tuzildi.

Reytingda hordiq chiqarish byudjyeti ikki kishi uchun hisoblangan. U mehmonxonada yashash qiymati, shu yaqin atrofdagi qahvaxonada ovqatlanish narxi, bir kunlik ski-pass (tog‘-chang‘i kurortlaridagi toqqa ko‘tarilish uchun elektron ruxsatnoma) narxlaridan iborat.

Chimyon tog‘-chang‘i kurorti ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Chimyon kurortida bir kunlik hordiq narxi 3,5 ming rubl yoki 137 ming so‘mni tashkil etadi.

Birinchi o‘rinda Belokurixa (Oltoy o‘lkasi) qayd etilgan. Ro‘yxatdan Karakol (Bishkek, Qirg‘iziston), Shahdag (Boku, Ozarbayjon), Chimbuloq (Olmaota, Qozog‘iston) hamda Rossiya, Ukraina, Gruziyadagi tog‘-chang‘i kurortlari o‘rin olgan.