20:34 / 06.08.2020
2716

Vashington AQShdagi saylovlarga aralashuvchi shaxslar haqidagi ma'lumot uchun 10 mln dollar va'da qildi

AQSh hukumati boshqa davlatlar topshirig‘i bilan AQShdagi saylovlarga aralashuvchi odamlar haqidagi ma'lumot uchun 10 mln dollar to‘lashga tayyor. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qildi.

Foto: AP

Vashington ushbu mukofot pulini 3 noyabrda o‘tadigan navbatdagi prezident saylovlari oldidan e'lon qildi

“Davlat departamentining “Adolat uchun mukofot” dasturi xorijiy hukumat topshirig‘i yoki nazorati bilan kiberhujumlarda ishtirok etib, AQShdagi saylovlarga aralashuvchi har qanday odamning shaxsi va qayerdaligini aniqlashga imkon beruvchi ma'lumot uchun 10 mln dollar mukofot puli taklif qiladi”, deb aytgan Pompeo jurnalistlarga.  

AQSh hukumati Rossiyaning AQShdagi navbatdagi prezident saylovlariga aralashishga urinishi mumkinligi haqida bir necha marotaba ta'kidlab o‘tgan. Iyulda AQSh moliya vazirligi rossiyalik tadbirkor Yevgeniy Prigojin bilan aloqador bir necha shaxs va kompaniyalarga qarshi sanksiyalar kiritgan. Prigojin 2018 yilda AQShdagi 2016 yilgi saylovlarga aralashishda ayblanib, sanksiyalar ostiga tushgan.

Mavzuga oid
Top