Jamiyat | 12:00 / 10.08.2021
9604
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Samsung har bir xaridorga kino va ko‘ngilochar dasturlarning g‘aroyib olamini sovg‘a qiladi

Yangi QLED, Neo QLED, Crystal UHD yoki The Frame televizoridan xarid qilib, MEGOGOga 24 oylik bepul obunani qo‘lga kiriting.

Yoz mavsumi tugashiga ozgina vaqt qoldi, ammo bu kayfiyatni tushirish uchun sabab bo‘lolmaydi. Kuz fasli ham o‘zining yorqin ranglari, yumshoq pledga o‘ralib, sevimli filmlaringizni ko‘rib o‘tkazilgan oqshomlarning sokin muhiti bilan sizga ilhom baxsh etishi mumkin.

15 avgust kunidan Samsung va MEGOGOning yangi aksiyasi ishga tushadi va 2021 yilning 15 oktabr kuniga qadar davom etadi. Qiziqarli yangiliklarni soatlab qidirishingizga ortiq hojat qolmaydi, chunki ularning hammasi “qo‘lingiz ostida” bo‘ladi. Butun oila uchun kino va ko‘ngilochar dasturlarning g‘aroyib olami.

Kompaniyaning yangi televizorlari mukammal darajada aniq ko‘rinadigan tasvirlar, yuqori sifatli, keng ko‘lamli tovush va ultra zamonaviy dizaynga ega. Keling, ulardan qaysilari aksiyada ishtirok etishini bilib olamiz.

Samsung Neo QLED – texnologiyalar olamidagi innovatsion yutuq

Samsung kompaniyasi istalgan kontentni maksimal darajadagi 8K yoki 4K sifatigacha kattalashtirib, tasvirni mukammal darajada aniq ko‘rsatadigan televizorni taqdim etdi.

Shuningdek, ilk marotaba yangi Quantum Mini LED chiroqlari qo‘llanilib, grafik protsessor yangilandi, displeyning qalinligi va ramkaning eni 0,8 mm.gacha kamaytirildi. Albatta, tovush haqida ham unutmaslik kerak. Samsung Neo QLED funksiyalari tomoshabin suhbatning har bitta so‘zini eshita olishi va yon-atrofdagi shovqinga chalg‘imasligi uchun, ekrandagi ovozni kuchaytiradi.

Samsung Crystal UHD – maksimal darajada qulaylik

Samsung Crystal UHD televizorlari hatto eng didi nozik tomoshabinlarning talabini ham qondiradi. UHD ekranidagi aniq tasvir FHD bilan taqqoslaganda 4 marotaba ko‘p piksellarni o‘z ichiga oladi. Shu bois hatto qorong‘i sahnalarda ham, maksimal darajada ko‘p tafsilotlarni ko‘rasiz.

Dynamic Crystal Color texnologiyasi yordamida ranglarni g‘oyatda shaffof va xilma-xil aks ettirgani uchun televizordagi ranglar yuqori darajada bir-biridan farqlanadi, ko‘rish burchagi kengayib, tasvir haqqoniy chiqadi. Sevimli filmingizga sho‘ng‘ish – oson. Bari Samsung Crystal UHD to‘liq ramkasiz ekanligi tufayli.

Samsung The Frame – intererning qiyofasini o‘zgartiramiz

Zamonaviy texnologiyalar bir joyda to‘xtab turmaydi, buni Samsung  kompaniyasi chinakamiga betakror televizorlarni ishlab chiqarish orqali yana bir bor isbotlab berdi. Samsung The Frame – ulardan biri. U uyingizda haqqoniy rasmlar galereyasini yaratishga imkon beradi. O‘chirilgan rejimda uning ekrani san'at durdonalarini namoyish etsa, yoqilganda noyob 4K QLED sifatidagi filmlarni ko‘rsatadi.

Televizorning tovushi ham hayratga solishda davom etadi. SpaceFit Sound texnologiyasi televizor turgan joydagi yon-atrofni tahlil qilib, tovushni intererning o‘ziga xos jihatlariga moslab kalibrlab, ma'lum bir o‘lchamga keltiradi.

Ideal juftlik: Samsung va MEGOGOga bepul obuna

Ekranda sodir bo‘layotgan voqealar joyida bo‘lish va to‘liq sho‘ng‘ish effektini sun'iy idrokka asoslanadigan yangi televizor va MEGOGOda film va seriallarni ko‘rish uchun bepul obuna bilan his qilish mumkin. 

2021 yilning QLED, Neo QLED, Crystal UHD yoki The Frame televizorlarini xarid qiling va MEGOGOga bepul 24 oylik obunani qo‘lga kiriting.

Sovg‘a qilinadigan promokodni quyidagicha faollashtirish mumkin:

1.    Samsung Smart TV'da MEGOGO ilovasiga kiring;

2.    Ilovada – sovg‘ali banner/rasmdagi “Olish” yozuvini bosish;

3.    Butun oilangiz bilan mazza qilib sevimli filmlaringizni ko‘rish.

Aksiya butun O‘zbekiston bo‘ylab 2021 yil 15 avgustdan 15 oktyabrgacha amal qiladi. 

Aksiya haqida yanada ko‘proq tafsilotlarni havola bo‘yicha bilish mumkin.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @SamsungUzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Sayt: www.samsung.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid