Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi
29 fevralda Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 1-o‘rinni egallab turibdi.
IQAir portaliga ko‘ra, soat 11:40 da Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 216 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “juda zararli” tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Reytingda 2-o‘rinni Pokistonning Lahor shahri egallagan — PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 193 mkg/m3. Bangladeshning Dakka 3-pog‘onada — 184 mkg/m3. Reytingdagi o‘ntalikdan, shuningdek, Kampala (Uganda), Bishkek (Qirg‘iziston), Katmandu (Nepal), Dehli (Hindiston), Mumbay (Hindiston), Uhan (Xitoy), Karachi (Pokiston) egallagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.
23 fevral kuni Toshkent jahonda havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 1-o‘ringa chiqqandi.
Mavzuga oid
21:58 / 04.11.2024
Sariq va qizil ranglarda tovlanayotgan Toshkent - fotojamlanma
17:42 / 04.11.2024
Xavfsizlik chegarasidan 80 barobar yuqori: Lahor dunyoning havosi eng iflos shaharlaridan biri
08:10 / 04.11.2024
Toshkentda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi
19:25 / 31.10.2024