O‘zbekiston | 15:05 / 17.04.2020
27413
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Keyingi haftaning birinchi yarmida harorat yana ko‘tarilib, 26-27 darajagacha yetadi 

Foto: KUN.UZ

Bu yil aprel oyining o‘tgan davrida ob-havo anomaliyalari: O‘zbekiston uchun noodatiy aprel qori, haroratning sovib ketishi va kuchli yog‘inlar kuzatildi.

«O‘zgidromet»ning yozishicha, tabiatning o‘zi ham bunday keskin o‘zgarishlardan charchab, haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda ob-havo nihoyat bahoriy quyoshli bo‘ldi.

Yaqin kunlarda va keyingi haftaning birinchi yarmida ob-havo xuddi shunday bo‘ladi.

Harorat bugun 20-22 daraja atrofida bo‘ladi, yakshanba kuniga esa iqlimiy normaga yaqinlashib, 23-25 darajagacha ko‘tariladi. Keyingi haftaning birinchi yarmida harorat yana ko‘tarilib, 26-27 darajagacha yetadi.

Eslatib o‘tamiz, eng issiq yillarda aprel oyining oxirgi o‘n kunligidagi harorat 32-34 darajagacha, mamlakat janubida esa 35-37 darajagacha yetgan.

Mavzuga oid