Toshkent viloyatida abituriyentlar uchun qo‘shimcha transport vositalari ajratiladi
Joriy yilda Toshkent viloyatining barcha hududlaridan test sinovlarida 38 mingdan ortiq abituriyent qatnashishi rejalashtirilgan. Abituriyentlarning viloyatning 15 ta tumani va 7 ta shahridan Toshkent shahriga borishlari hamda ular uchun qulayliklar yaratish maqsadida qo‘shimcha transport vositalari ajratiladi va ularning uzuluksizligi ta'minlanadi. Bu haqda viloyat transport boshqarmasi ma'lum qildi.
Hozirgi kunda Toshkent viloyati hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 561ta avtobusdan 310 tasi, 762ta mikroavtobusdan 674 tasi Toshkent shahri yo‘nalishi bo‘yicha qatnaydi.
Hozirgi kunda Olmaliq, Ohangaron, Chirchiq shaharlari hamda Pskent, Bo‘ka tumanlarida abituriyentlarni test sinovlariga yetkazish masalasi to‘laqonli hal etildi. Boshqa shahar va tumanlarda ham ushbu masala ijobiy yechim topish arafasida turibdi.
Mavzuga oid
08:30 / 04.11.2024
DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi
12:10 / 29.10.2024
Toshkent viloyatida fuqaro o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi
18:09 / 25.10.2024