Yangi Toşkent şahri qurilişi uçun Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanidan qöşimça yer maydoni ajratildi. Bu haqda viloyat hokimining qarori çiqdi.

Qayd qilinişiça, Yuqori Çirçiq tumanidan davlat zaxirasiga qaytarilgan hamda toifasi özgartirilgan 110,4 gektar yer maydoni doimiy foydalaniş huquqi bilan «Yangi Toşkent şahrini barpo etiş direksiyasi»ga ajratib berildi.

Tumanning Özbekiston, Guliston, Istiqlol mahallalaridagi hududlar Yangi Toşkent hududiga ötkaziladi.

Ta’kidlanişiça, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boşqarmasi tomonidan mazkur yer maydonlarini belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş va davlat röyxatidan ötkaziş işlari amalga oşirilmoqda.

Avvalroq, Respublika darajasidagi ijro organlari idoralari (vazirliklar) Yangi Toşkent şahriga köçirilib, ularning hozirgi binolari sotilişi haqida xabar berilgan edi.

Keyinroq, Toşkent viloyati Kadastr boşqarmasi Yangi Toşkent hududiga ötayotgan mahallalar haqida ma’lumot berdi.