Rossiyada ta'lim olgan fuqarolarning hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi kutilyapti
Hozirda Rossiya Federatsiyasida 25 000ga yaqin o‘zbek o‘quvchi-yoshlar ta'lim olmoqda va har yili ular soni o‘rtacha 7500ga oshib bormoqda, deya xabar beradi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ikki oy muqaddam Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Bosh ekspertiza markazi o‘rtasida muzokaralar olib borilib, o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan. Bunda O‘zbekiston va Rossiya davlatlari o‘rtasida nostrifikatsiya jarayonlarida mavjud elektron ma'lumotlar bazalardan foydalanishga kelishib olindi, bu esa o‘z navbatida mutaxassislar malakasini oshirish, seminarlar o‘tkazish va Rossiya Federatsiyasida tahsil olishni xohlagan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratadi. Ushbu jarayonni yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 19 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Toshkenboyev va Fan va ta'lim sohasini nazorat qilish federal xizmati huzuridagi Bosh ekspertiza markazining bosh tahlilchisi Vera Skorobagatova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Rossiyada tahsil olishni xohlayotgan yoshlarga imkoniyatlar yaratish hamda ushbu imkoniyatlarni ularga tushuntirish, qiziqtirgan savollariga javob berish maqsadida mamlakat yoshlari uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va ta'lim sohasini nazorat qilish federal xizmati mutaxassislari bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi hukumati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida «Ta'lim hujjatlarini, malakaviy va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha hukumatlararo Bitim» loyihasi ishlab chiqilib, ikki davlat Hukumatlariga taqdim qilingan.
Ushbu bitimning imzolanishi ikki davlat o‘rtasida ta'lim hujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi, yoshlarning bilim olishidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish (Rossiyada hujjatlarni nostrifikatsiya qilish 45 kungacha vaqt oladi) va ularning har yili taxminan 800 000 AQSh dollari miqdordagi mablag‘larini tejashni ta'minlaydi.
Ushbu muzokaralarning olib borilishi ikki davlat yoshlarining mobilligini rivojlantirishda, ularga ta'lim olishlari uchun munosib sharoit yaratish, ta'lim hujjatlarini o‘zaro tan olish tizimini yanada soddalashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ta'lim muassasalarini akkreditatsiyasi bo‘yicha tajriba almashilib, akkreditatsiya jarayoniga ekspertlarni tanlab olish va jalb etishda Rossiya tajribasidan foydalanish, ikki mamlakat o‘rtasida ekspertlarni o‘zaro almashish orqali akkreditatsiya jarayonlarini birgalikda o‘tkazish hamda qo‘shma akkreditatsiyalangan oliy ta'lim muassasalari filiallari va qo‘shma dasturlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olish amaliyotini yo‘lga qo‘yishda muhimdir, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, xorijda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi takomillashtirilishi aytilgandi.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024