Jamiyat | 21:00 / 29.08.2021
8463
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda «Vaqf» fondi 60 mingdan ziyod aholi uchun toza ichimlik suvi chiqarib berdi

«Vaqf» xayriya jamoat fondi «Obi hayot» aksiyasi doirasida homiylar hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining olis tumanlaridagi ichimlik suvi tanqis bo‘lgan qishloq va ovullarda 71ta toza ichimlik suvi artezianlarini qazib chiqarib, aholiga taqdim etdi.

Natijada, ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan 60 mingdan ziyod aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi.

«Vaqf» fondi tomonidan joriy yilning mart oyi davomida 21ta artezian chiqarilib, aholiga topshirilgandi.

Mavzuga oid