Qoraqalpoğistonda ölim bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 32 yoşli haydovçi Xöjayli tumani Qumçiğin ovulidan ötgan yölda Nexia maşinasini boşqarib ketayotib ehtiyotsizlik qilgan va maşina boşqaruvini yöqotgan.
Şundan söng maşina köprik ustida turgan ikki nafar piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyodalardan biri oğir tan jarohatlari olib vafot etgan. Ikkinçi piyoda şifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Xöjayli tumani IIB tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.












