Qashqadaryoda yo‘l harakati qoidalarini 105 marta buzgan Gentra xatlovga olindi
MIB xodimlari qarzdorning uyiga borganda mashina egasi va uning yaqin qarindoshlari uyda bo‘la turib darvozani ochmagan. So‘ng ijro harakatlariga qarshilik ko‘rsatgan. Qarzdorning uyida bo‘lgan Gentra tegishli tashkilotlar yordami bilan 5 soat deganda xatlangan.
Qashqadaryo viloyatida 105 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan va ma’muriy jarimalarni to‘lamagan shaxsning Gentra mashinasi xatlovga olingan.
Viloyat MIB axborot xizmatining xabar berishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs 105 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgani va ma’muriy jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun uning Gentra mashinasiga qidiruv e’lon qilingan.
Joriy yil 19 iyul kuni MIB xodimlari qarzdorning yashash xonadoniga majburiy ijro harakatlarini olib borish uchun borgan. Shunda qarzdor va uning yaqin qarindoshlari uyda bo‘la turib darvozani ochmagan. So‘ng ijro harakatlariga qarshilik ko‘rsatgan.
Salkam besh soat davom etgan ijro harakatlari natijasida tegishli tashkilotlar ishtirokida qoidalarni buzgan Gentra qarzdorning uyida ekani aniqlanib, xatlangan.
Qayd etilishicha, qarzdorga ma’muriy jarimalarni to‘lash uchun 10 kun muhlat berilgan. Qarzlar to‘lanmasa mashina auksionga chiqarilishi haqida ogohlantirilgan.
MIB Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xabarida mashina egasi qancha qarz ekani ochiqlanmagan.
Mavzuga oid
11:06 / 28.09.2024
Yunusobodda Jyentra haydovchisi drift qilib, avariya holati yuzaga keltirdi. Chora ko‘riladimi?
20:45 / 10.09.2024
Toshkentda yo‘l harakati qoidalarini 363 marta buzgan Spark xatlovga olindi
16:53 / 06.08.2024
Toshkentda erkak haydovchi Malibu’ni 173 km tezlikda boshqardi
09:55 / 19.07.2024