Qonunçilikka köra, sud yoki boşqa organlar qarorlari böyiça majburiyatlarni bajarmaganda, qarzdorliklar bartaraf etilmagan taqdirda, qarzdorlar jismoniy yoxud yuridik şaxslarga tegişli bölgan avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilinişi yoxud avtotransport va köçmas mulklarga taqiqlar qöyilişi mumkin.

Fuqarolar, yuridik şaxslar va boşqa sub’yektlar örtasida avtotransport hamda köçmas mol-mulklarni notarial ravişda rasmiylaştirişda yuzaga keladigan muammolarning biri ham aynan taqiqlar bilan boğliqdir.

Bugungi kunda Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan hujjatlar ijrosi böyiça va qarzdorlik sababli 378 mingdan ortiq avtotransport vositalariga taqiq qöllanib, 259 mingtasiga qidiruv e’lon qilingan. 

Şuningdek, 621 mingta hujjatlar böyiça köçmas mulklarga taqiq örnatilgan.

Fuqarolar avtotransport vositasi yoki köçmas mulklarga oid qidiruv yoki taqiq böyiça ma’lumotlarni byuroning mib.uz rasmiy saytidagi “Interaktiv xizmatlar” sahifasida “Avtotransportni tekşiriş” hamda “Köçmas mulkni tekşiriş” ruknlari orqali biliş mumkin. 

Buning uçun “Avtotransportni tekşiriş” rukniga kirib, avtotransport vositasiga tegişli davlat raqami belgilarini kiritiş yoki bölmasa “Köçmas mulkni tekşiriş” rukniga kirib kadastr raqamlarni kiritiş orqali taqiq yoxud qidiruv mavjud yoki yöqligi haqidagi ma’lumotlarga ega böliş mumkin.

Agarda, avtotransport vositasi yoxud köçmas mulkda taqiqlar aniqlansa, uşbu saytning “Qarzdorlikni tekşiriş” rukni orqali bu haqida batafsil ma’lumot oliş mumkin.

Şuningdek, qarzdorlik elektron tölov tizimi orqali bartaraf etilganida, mavjud qidiruv va taqiqlar şu zahoti bekor qilinadi.