Otabek Sattoriy ishi: Blogerga ikkita uy qaytarib berildi, lekin jazo o‘zgarishsiz qoldi
Bugun, 15 iyul kuni Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya sudlov hay'ati tomonidan qabul qilingan sud ajrimiga ko‘ra? jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi O. Sattoriyga nisbatan chiqarilgan hukmi o‘zgartirilgan.
Jumladan, sud hukmining 2020 yil 2 iyul kuni «Termiz Eko Ekspress loyiha» MChJ rahbari bilan O.Sattoriy o‘rtasida tuzilgan Termiz shahri Ma'rifat mahallasi 6-uyda joylashgan 42-raqamli kvartira hamda 44-raqamli kvartiraning oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish hamda MChJ rahbari T.Shopulatovdan sudlanuvchi O. Sattoriy foydasiga 234 million 835 ming so‘mni undirish qismi bekor qilingan.
Jabrlanuvchi T.Shopulatovga ushbu yuzasidan fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqiga ega ekani tushuntirilgan.
Bundan tashqari, sud hukmining O. Sattoriy hisobidan sud majlisini video-konferens-aloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq 183 ming 750 so‘m xarajatni undirish qismi bekor qilingan.
O.Sattoriyga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash muddati 2021 yil 30 yanvar kunidan boshlab hisoblanishi belgilangan. Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirildi.
Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi hukmiga ko‘ra, O. Sattoriy Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi «a», «g» bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari)ga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
19:12 / 31.10.2024