Jamiyat | 19:12 / 31.10.2024
8587
5 daqiqa o‘qiladi

“Xalqimizning soddaligi sabab bo‘lmoqda”- Toshkent shahar sudi raisi Panorama Airways ishiga to‘xtaldi

Panorama Airways va Gulbakhor Airways firmalari mansabdorlariga oid jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu ish doirasida jabrlanuvchilar soni 2 558 nafarni tashkil etgan. Ularga yetkazilgan zarar miqdori esa 25 mlrd so‘m. Bu haqda Toshkent shahar sudida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Toshkent shahar sudida 9 oylik yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, yil boshidan buyon hozirgacha Toshkent shahri bo‘yicha uch nafar sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirgacha JIB Sergeli tuman sudyasi hamda Yangihayot tuman sudi raisi va uning xodimiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Sohada bunday holatlarga duch kelishimiz mumkin va bu kabi voqealarni yashirish ham kerak emas”, deydi Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xojaqulov.

Matbuot anjumanida, shuningdek, Panorama Airways va Gulbakhor Airwaysʼga oid sud ishi haqidagi jurnalistlarning savollariga javob berildi.

Panorama Airways va Gulbakhor Airways firmalari tomonidan Umra safariga yuborish va’dasi bilan aldanib qolgan jabrlanuvchilar soni 2558 tani tashkil etadi. Bunda yetkazilgan zarar esa 25 mlrd hisoblanadi. Bu ish bo‘yicha sud ishlari davom etmoqda. Jurnalistlar firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxslar belgilangan jazoni o‘tab bo‘lib ozodlikka chiqqanda ham yana qayta o‘sha jinoyatga qo‘l urmoqda yoki muddatidan oldin ozod etilmoqda qabilidagi gaplarni ta’kidlashdi. Biz bu masalada bir necha takliflarni bermoqdamiz. Ya’ni firibgarlik bilan jinoyat qilgan va qayta shu jinoyatni takrorlagan shaxslarga ikkinchi bora firibgarlik bo‘yicha sudga tortilganda jazoni yengillashtiruvchi choralar ko‘rilmasligi kerakligini taklif sifatida taqdim qilmoqchimiz. Ammo televideniye yoki ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi jinoiy ishlar haqida xabar berib, aholini ogohlikka chaqirmaylik, baribir aldanib qolish holatlari uchramoqda. Bu kabi holatlar anchagina ko‘paygan. Sabab aholining bilimsizligi va ogohlikka e’tibor bermasligi. Aholining yuridik salohiyati oshsa, biror uyni yoki tur firmaning xizmatini sotib olishdan oldin tashkilot haqida atroflicha ma’lumot yig‘ish kerak. Qarindosh yoki tanishning og‘zaki gapiga ishonib aldanib qolayotganlar ham anchagina. Buning yechimi hushyor bo‘lish. Yangiliklardan boxabar bo‘lib keyin harakat qilish kerak”, deydi Toshkent shahar sudi raisi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudlari tomonidan 2024 yil 9 oyi davomida 8 644 nafar shaxsga nisbatan 7 170 ta jinoyat ishi, 12 091 ta sanksiya va materiallar ko‘rib tamomlangan. Ushbu davrda sudlar tomonidan 714 nafar shaxslar sud zalidan ozod qilingan bo‘lsa, 411 nafar shaxslar sud zalidan qamoqqa olingan.

Toshkent shahar va jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudlari tomonidan 2024 yil 9 oyi davomida 85 247 nafar shaxsga nisbatan 72 039 ta ma’muriy ishlar ko‘rib tamomlangan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan ko‘rib tamomlangan ishlar soni 3 760 taga, shaxslar soni esa 6.053 nafarga ko‘paygan.

Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan esa jami 198 949 ta ish hal qilingan bo‘lib, bu respublika sudlarida ko‘rilgan jami 1 118 694 ta ishlarning 17,7 foizini tashkil etgani aytib o‘tildi.

Sudlar tomonidan joriy yil 9 oyi davomida nikohdan ajratish haqida jami 6 313 ta fuqarolik ishi ko‘rilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117 ta yoki 1,8 foizga oshgan.

Matbuot anjumanida Toshkent shahar iqtisodiy sudlari faoliyati ham tahlil qilindi. Xususan, Toshkent shahar iqtisodiy sudlariga hisobot davrida jami 92 513 ta da’vo arizasi va arizalar kelib tushgan. Shundan 86 907 tasi ish yuritishga qabul qilinib, 78 588 tasi ko‘rib chiqilgan va 74 723 tasi bo‘yicha da’vo talabi qanoatlantirilgan, 1 992 tasi bo‘yicha da’vo talabini qanoatlantirish rad etilgan, 713 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan, 1 160 ta da’vo arizasi ko‘rmasdan qoldirilgan. Ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 204 taga yoki 34,6 foizga ko‘paygan.

2024 yil yanvar-sentabr oylari davomida Toshkent shahar ma’muriy sudlarining birinchi instansiyasiga jami 2 282 ta ariza (shikoyat)lar kelib tushgan bo‘lib, shundan 238 tasi ariza (shikoyat) qabul qilish rad etilgan, 217 ta ariza va shikoyat qaytarilgan, 1800 tasi ish yurituv qabul qilinib, ko‘rib tamomlangan. Shuningdek, 21 ta ish material tartibida ko‘rilgan.

Mavzuga oid