Xalqaro anjumanni kuzatgan Kun.uz muxbiri taniqli iqtisodçining fikrlarini özbek tilida keltirib ötadi.

«Iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi qanday ölçanadi? Aholi jon boşiga YaIM degan tuşunça bor. Ideal körsatkiç emas, lekin biroq bundan yaxşiroği hali öylab topilmagan.

Aholi jon boşiga YaIM böyiça Özbekiston 40ta eng kambağal davlatlar qatoriga kiradi. Özbekistonda aholi jon boşiga YaIM 1 ming 532 dollarni taşkil qiladi (2018 y). Kambağal mamlakatlar kategoriyasiga sönggi 20-25 yil içida tuşib qoldik.

Mana bu jadval eng kambağal 40ta mamlakat qatoriga qanday qilib tuşib qolganimizni körsatadi:

Birinçi ustun – mamlakatlar, sobiq SSSR mamlakatlari, ayrimlari qöşnilarimiz. Ikkinçi ustun – 1995 yilda aholi jon boşiga töğri kelgan YaIM. Uçinçi ustun – 2018 yilda aholi jon boşiga töğri kelgan YaIM. Törtinçi ustunda esa neça barobar ösiş kuzatilgani körsatilgan. Bu – dollardagi nominal ösiş. Şuni tuşuniş kerakki, bu real ösiş emas. Lekin mamlakatlarni bir-biri bilan taqqoslaş mumkin.

Bu jadvalga qarab, Özbekiston mana şu yillar davomida mazkur mamlakatlarga nisbatan eng yomon rivojlanganini körişimiz mumkin. Iqtisodiy rivojlaniş sur'ati eng past bölgan.

Biz bir joyda turmaganmiz, rivojlanganmiz. Biroq mamlakatlarning köpçiligi tezroq rivojlangan, natijada biz asta-sekin 40ta eng kambağal mamlakat qatoriga tuşib qoldik.

Keling, buni fakt sifatida qabul qilamiz. Asosiy vazifamiz – nafaqat mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiriş, balki turmuş darajasini ham oşiriş.

Birinçi savol, bu nimalarga boğliq?

Adam Smit davridan boşlab, iqtisodçilar ayrim savollarga javob topişga harakat qilişadi: nima uçun ayrim mamlakatlar boy, ayrimlari esa kambağal?

Institutlar va iqtisodçilar bu savolga umumiy javoblar berişadi. Gap odamlar xilma-xil ekanida emas, odamlar hamma yerda bir xil. Heç kim bir-biriga öxşamaydi ham. Gap odamlarning turliça ekanida emas, ularning xulq-atvorida. Odamlarning xulq-atvori öyin qoidalari va jamoat taşkilotlarini belgilaydi. Biz mana şu öyin qoidalariga asosan yaşaymiz.

Öyin qoidalari bu – rasmiy institutlar, qonunlar, boşqa normativ hujjatlar. Norasmiy institutlar bu – stereotiplar, xulq-atvor, an'analarimiz.