Shavkat Mirziyoyev: «Demokratik islohotlar yo‘li – biz uchun yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir»

Tashkent City’dagi Xalqaro kongress markazida prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etmoqda.
Tadbir MTRKning to‘rtta teleradiokanali, beshta telekanali hamda 12ta hududiy teleradiokompaniya, shuningdek, beshta nodavlat telekanal hamda Prezident matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, prezident o‘z nutqini saylovlar va demokratik islohotlarga oid fikrlar bilan boshladi.
«Barcha deputat va senatorlarga, ularning timsolida butun O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib aytmoqchiman, demokratik islohotlar yo‘li – biz uchun yakka-yu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir. Jamiyat – islohotlar tashabbuskori degan yangi g‘oya, kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda», – deb ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident siyosiy partiyalarning o‘z elektorati bilan ishlash tizimini takomillashtirish, partiyalarning siyosiy faolligini oshirish muhimligini qayd etdi.
«Shu bilan birga, mahalliy kengashlarga saylov o‘tkazishning uch pog‘onali tizimini optimallashtirish, unda tuman va shahar saylov komissiyasining rolini oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim», – dedi davlat rahbari.
Qayd kerakki, O‘zbekistonda bungacha bosh islohotchi — davlat bo‘lib kelgan va bu siyosat darajasiga ko‘tarilgan, barchasi «yuqori»dan belgilanar edi. Endi esa islohot jamiyatdagi haqiqiy holatdan kelib chiqib belgilanadi. Xalqni qiynayotgan muammolar esa OAV, ijtimoiy tarmoqlardagi kayfiyatlar, xalq qabulxonalari va boshqa «barometrlar» orqali aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

14:30 / 26.04.2023
Shavkat Mirziyoyev Italiya mudofaa vazirini qabul qildi

21:26 / 25.04.2023
Shavkat Mirziyoyev Chexiya hukumati delegatsiyasini qabul qildi

19:04 / 25.04.2023
Shavkat Mirziyoyev Rossiya sanoat va savdo vazirini qabul qildi

07:32 / 25.04.2023