O‘zbekiston | 14:54 / 25.10.2022
5580
2 daqiqa o‘qiladi

Termiz davlat universitetida ILM.UZ IT akademiyasi ochildi

Yoshlarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ushbu sohadagi salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida ILM.UZ IT akademiyasining filiali faoliyat boshladi.

Foto: ILM.UZ

IT akademiyasining ochilishi marosimida universitet rektori Avazjon Marahimov ishtirok etdi. Rektor yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, shuningdek, jadallik bilan rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari sohasi haqida ma’lumot berdi. Shundan keyin ILM.UZ asoschisi Shahzod Magdiyev akademiya haqida, uning tashkil etilishidan asosiy maqsad, undagi imkoniyatlar va akademiyada o‘qishning tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, tadbirda akademiyada 6 oy davomida tahsil olgan dastlabki 14 nafar bitiruvchi talabalar sertifikat bilan taqdirlandi. So‘ngra ochilish marosimiga tashrif buyurganlar akademiya bilan kengroq tanishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, akademiyada:

1. Dasturlash [FRONTEND, BACKEND (PYTHON), TELEGRAM BOT (PYTHON)] kursida 3-6 oy davomida;

2. Tarmoq va tizim administratorligi (“CISCO SERTIFIED NETWORK ASSOTSIATE ROUTING&SVITCHING”, “LINUX SYSTEM ADMINISTRATION”) kursida 6 oy davomida;

3. Yosh avlod uchun yangi metodologiya va dastur asosida o‘tiladigan bolalar uchun dasturlash kursida 5 oy davomida;

4. Kompyuter savodxonligi kursida 3 oy davomida;

5. Kompyuter, printerlarni ta’mirlash va kamera o‘rnatish (sozlash) kurslarida 3 oy davomida tahsil olishadi. Dars mashg‘ulotlari yuqori malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Ushbu akademiyada yetishib chiqqan kadrlar Surxondaryo vohasini IT sohasining rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shadi.

Termiz davlat universiteti axborot xizmati