10:54 / 04.05.2019
7025

Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari sohasidagi vakolatlariga o‘zgartirish kiritiladi

Foto: Stanislav Krasilnikov / TASS

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi
415-I-sonli Qonuniga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin:

6-moddaning (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari) o‘n uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi: 

“kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan Orfan dori vositalari va orfan “in vitro” tashxisi uchun tibbiy buyumlar ro‘yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;”

14-moddaning (Dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika to‘g‘risidagi axborot va dori vositalarining reklamasi) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi: 

“Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida, kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan Orfan dori vositalari va orfan “in vitro” tashxisi uchun tibbiy buyumlar ro‘yxatida, Retsepsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatida, Asosiy dori vositalari ro‘yxatida, shuningdek Tibbiy buyumlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan axborot O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

24-moddaning (Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda tahrirda bayon etiladi:

“Orfan dori vositalarini va orfan “in vitro” tashxisi uchun tibbiy buyumlarni import qilish davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan amalga oshirilishi mumkin.”.

Top