Boş prokuratura huzuridagi departamentning Yakkasaroy tuman bölimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi.

Unda, fuqaro Yo.M. va boşqalar noqonuniy daromad orttiriş maqsadida Uçtepa tumani hududida joylaşgan savdo dökonida “Reduksin Layt” va “Zerofit” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini fuqaro M.X.ga 1,7 mln sömga sotgan vaqtida uşlangan.

Departament xabariga köra, uşbu savdo dökonidan ötkaziş maqsadida saqlab kelingan jami 10 turdagi 365 quti kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi aşyoviy dalil sifatida ham olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuçli ta’sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.